O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev marhum akademik Behzod Yo‘ldoshevning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

Oliy Majlis Senati a’zosi va O‘zbekiston fan arbobi 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etgan edi.

Shavkat Mirziyoyev marhum akademik Behzod Yo‘ldoshevning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

 

Shavkat Mirziyoyev marhum akademik Behzod Yo‘ldoshev xonadonga tashrif buyurib, oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston fan arbobi Behzod Yo‘ldoshev 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etgan edi.

 

Prezident 29-avgust kuni ta’ziyali xonadonga tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Davlat rahbari marhumning ezgu ishlarini, O‘zbekistonga xizmatlarini yodga oldi. Marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi. Ular tashrifi va dalda so‘zlari uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi.

 

Behzod Yo‘ldoshev 1945-yil 9-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1968-yilda Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti stajor-tadqiqotchisi sifatida boshlagan. Yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan olim Yadro fizikasi instituti direktori, Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimlarida o‘zining yuksak ilmiy va tashkilotchilik salohiyatini namoyon etgan. Yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy natijalarni iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llash ishlariga munosib hissa qo‘shgan. U Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikda va universitetlarda ishlagan, ko‘plab yirik loyihalarga rahbarlik qilgan.

 

Behzod Yo‘ldoshev Oliy Majlis deputati, keyingi vaqtda Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida samarali faoliyat olib borib, qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda fidoyilik ko‘rsatdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"