O'zbekiston

O‘zbekiston aholisining daromadlari 8,6 foizga o‘sgan

Bu haqda Statistika agentligi ma'lumot berdi.

O‘zbekiston aholisining daromadlari 8,6 foizga o‘sgan

 

Prezident huzuridagi Statistika agentligining ma’lum qilishicha, 2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 399,2 trillion so‘mga yetdi. Umumiy daromadlar – bu aholi farovonligi darajasini ko‘rsatadigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri. U nafaqat mehnat va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlashdan olingan daromadlardan, balki mulkdan (foizlar, dividendlar, royaltilar va boshqalar) va o‘tkazmalardan (pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, pul o‘tkazmalari) daromadlardan ham iborat. Nominal o‘sish sur’ati 18,4 foizni, real o‘sish sur’ati 8,6 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning yanvar-iyun oylarida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 18,3 va 6,5 foizni tashkil qilgandi.

 

Aholi jon boshiga umumiy daromadlar olti oyda 15,9 foizga (real ko‘rsatkichda – 6,3 foizga) – 9,3 mln. so‘mdan 10,8 mln. so‘mga (oyiga 1,8 mln. so‘m) oshdi. Bu 2022 yilgi pandemiyani hisobga olmaganda (0,7 foiz) so‘nggi olti yildagi eng past ko‘rsatkichdir.

 

Aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkich qayd etilib, u 22,1 mln. so‘mdan 28,7 mln. so‘mgacha, Navoiy viloyatida 14,1 mln. so‘mdan 16,6 mln. so‘mgacha, Buxoro viloyatida 10,6 mln. so‘mdan 11,8 mln. so‘mgacha va Toshkent viloyatida 9,8 mln. so‘mdan 10,8 mln. so‘mgachani ko‘rsatdi.

 

Eng past ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘istonda – 7,26 mln. so‘m, Namangan viloyatida – 7,4 mln. so‘m va Surxondaryo viloyatida – 8 mln. so‘mni tashkil qildi. Aholi jon boshiga daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Toshkent shahri (14,7 foiz), Navoiy (7,9 foiz) va Samarqand (6,4 foiz) viloyatlarida qayd etildi. Surxondaryoda o‘sish atigi 0,3 foizni tashkil etdi.

 

Hududlar o‘rtasidagi farq kattalashdi. Yil davomida eng boy uchta va eng kambag‘al uchta mintaqa o‘rtasidagi aholi jon boshiga daromadlar farqi 2,28 baravardan 2,5 baravarga oshdi. Taqqoslash uchun: 2020 yilda bu farq 2,15 baravarga teng edi. Toshkent va Qoraqalpog‘iston o‘rtasidagi daromadlar farqi 3,43 baravardan 3,95 barobarga yuqoriladi.

 

Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilar va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) ulushi 62,1 foizdan 60,6 foizga kamaydi. Yollanma ishchilarning daromadlari o‘tgan yilning birinchi yarmidagi 22,1 foizga nisbatan 19,1 foizga, yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadi 15,6 foizga nisbatan 12,3 foizga oshgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"