O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Viktor Orban bilan uchrashuv o'tkazdi

Unda O‘zbekiston-Vengriya ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Viktor Orban bilan uchrashuv o'tkazdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston-Vengriya ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Barcha darajalarda faol muloqotlar davom etmoqda. May oyida Toshkent shahrida qo‘shma Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumi samarali o‘tkazildi.

 

Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi qariyb ikki barobar oshdi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni ko‘paymoqda, 30-iyundan Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklandi. Sanoat, farmasevtika, qishloq xo‘jaligi, logistika, qurilish va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Investisiya loyihalarining yangi portfelini tayyorlash va joriy yil yakuniga qadar Qo‘qon shahrida Hududlar forumini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi. Ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlik faollashdi. Ikki mamlakat xalqlarini yaqinlashtirishga qaratilgan madaniy tadbirlarni o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

 

Turkiy davlatlar tashkiloti va Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"