O'zbekiston

O‘zbekistonda ikki oyda 1200 ta oilaviy bog‘cha tashkil etilgan

Eng ko‘p bog‘cha Namangan viloyatida ochilgan.

O‘zbekistonda ikki oyda 1200 ta oilaviy bog‘cha tashkil etilgan

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi may-iyun oylarida respublika bo‘yicha tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari haqida ma’lumot berdi.

 

Ushbu muddatda mamlakatda umumiy hisobda 1 155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilgan. Eng ko‘p bog‘cha Namangan viloyatida ochilgan – 206 ta. Farg‘ona viloyatida 189 ta, Samarqand viloyatida esa 141 ta oilaviy bog‘cha tashkil etilgan.

 

Bu muddat ichida eng kam oilaviy bog‘cha tashkil etilgan hudud esa Qashqadaryo viloyati – 21 ta. Xorazm viloyatida 22 ta, aholi nisbatan kam yashaydigan hududlar – Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida mos ravishda 37 ta va 63 ta oilaviy bog‘cha ochilgan.

 

Tumanlar kesimida Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Uychi tumanlari yetakchilik qilgan: ushbu hududlarda mos ravishda 36 ta va 35 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"