O'zbekiston

Zomin texnoparkida ilk investitsiya loyihalari qurilishi boshlandi

Davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, qurilish ishlarini boshlab berdi.

Zomin texnoparkida ilk investitsiya loyihalari qurilishi boshlandi

 

Mamlakatimizning barcha hududlarida iqtisodiyot uchun g‘oyat zarur bo‘lgan korxonalar barpo etilmoqda. Bu yangi ish o‘rinlari ochilishi, sanoat tarmoqlari rivojlanishi, pirovardida, xalqimiz farovonligi oshishiga xizmat qilayapti. Jumladan, Jizzax viloyatida so‘nggi besh yilda qayta ishlash sanoati hajmi 1,6 barobarga ko‘payib, o‘tgan yilning o‘zida 19 trillion so‘mni tashkil qilgan. Eksport hajmi 2,2 barobarga oshib, 202 million dollarga yetgan.

 

Xorijiy investisiyalar miqdori ham yil sayin o‘sib bormoqda. 2018 yilda viloyatda bor-yo‘g‘i 18 million dollar xorijiy investisiya o‘zlashtirilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu raqam salkam 700 million dollarga yetgan. Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 260 tani tashkil qilmoqda. Bunda har bir tumanning o‘z o‘rni bor. Xususan, Zomin tumanida investisiya dasturlari doirasida so‘nggi besh yilda 1,8 trillion so‘mlik 300 ga yaqin loyiha amalga oshirilgan va uch mingdan ortiq ish o‘rni ochilgan. Qulay biznes muhiti tufayli tumandagi kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni 4 barobar ko‘paygan.

 

Zominning go‘zal tabiatiga asoslanib turizm sohasi uning “drayveri”ga aylantirilmoqda. Bunday xizmatlarni ko‘paytirish maqsadida yaqinda Zomin turistik zonasi tashkil etildi. Bular bilan cheklanib qolmasdan, Zominda sanoatni rivojlantirishga kirishilgan. Chunki hudud buning uchun juda qulay. Tuman mamlakatimiz markaziy qismida joylashgan. Bu yerdan temir yo‘l o‘tgan. Yaqinda Zomin aeroporti kengaytirilib, rekonstruksiya qilindi.

 

Endi tumanda Xitoyning “Mingyuan” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Texnopark” maxsus sanoat zonasi barpo etilmoqda. Buning uchun 400 gektar yer maydoni ajratilgan. Uni infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanib, 160 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bu boradagi amaliy ishlar avvalroq boshlangan bo‘lib, 30 dan ortiq loyihalar shakllantirilgan. Ularga xitoylik investorlar tomonidan 1,2 milliard dollar investisiya yo‘naltiriladi.

 

Mazkur zonada tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar chiqaruvchi korxonalar tashkil etiladi. Xususan, elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish materiallari, mebelsozlik, oziq-ovqat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishdagi loyihalar amalga oshiriladi. Natijada 5 mingdan ortiq ish o‘rinlari paydo bo‘ladi, 4,7 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi hamda 70 million dollarlik eksport salohiyati yaratiladi.

 

Texnopark hududida Xalqaro tajriba almashinuv injenerlik markazi tashkil etilib, sanoat korxonalari uchun shu yerning o‘zida malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, ushbu hududda ofis markazi, turar joylar, ekobog‘, ko‘rgazmalar zali va savdo markazi barpo etiladi.

 

Marosimda davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, texnoparkdagi ilk investisiya loyihalari qurilishini boshlab berdi. Ushbu zamonaviy loyihalarning amalga oshirilishida ishbilarmonlarga muvaffaqiyatlar tiladi.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"