O'zbekiston

Biznesni rivojlantirish banki tashabbusi bilan "Yosh tadbirkorlar" forumi o'tkazildi

Forum doirasida mazkur bank huzuridagi Kichik biznesni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan yosh tadbirkorlar mahsulotlari va yosh startapchilarning innovatsion ishlanmalari ko'rgazmasi tashkil etildi.

Biznesni rivojlantirish banki tashabbusi bilan "Yosh tadbirkorlar" forumi o'tkazildi

 

Bugun, 20 iyun kuni  “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashabbusi bilan “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi hamda “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamkorligida “Yosh tadbirkorlar” Respublika forumi o‘tkazildi. Unda yosh tadbirkorlar, yosh fermerlar, yosh startapchilar, mas’ul xodimlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

 

Forum doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB huzuridagi Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlar mahsulotlari va yosh startapchilarning innovasion ishlanmalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi PQ-306-sonli qarori asosida biznes loyihalari bank tomonidan moliyalashtirilgan yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.  

 

"Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidan keldim. Kelinlar sarpolari, sovundan yasalgan iforli gullar, taqinchoqlardan yasalgan sumkachalar kabi 10 dan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqaraman. Qo‘l ostimda uch nafar ishchi, 25 dan ortiq shogirtlarim bor. Biznesni rivojlantirish bankidan 100 million garovsiz kredit olib, kerakli uskunalar sotib oldim, ish joyimizni jihozlatdim. Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p", – deydi 25 yoshli tadbirkor Nilufar Gulboyeva.  

 

Forum  yosh tadbirkorlar va yosh startapchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun muloqot platformasini yaratish, yoshlarni biznesga jalb qilish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirishni jadallashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashish maqsadida tashkil etildi.

 

"Davlatimiz rahbarining qarori asosida Biznesni rivojlantirish banki kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturining asosiy tayanch banki sifatida belgilangan. Shundan kelib chiqib, bankimiz hamkorlar bilan birgalikda "Yosh tadbirkorlar" forumini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Bizning maqsadimiz yoshlarning loyihalarini moliyalashtirishda faol ishtirok etish. O‘tgan vaqt mobaynida bankimiz tomonidan 2 600 nafardan ortiq yosh tadbirkorlarga 239 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi. Bugun forumda 28 nafar tadbirkorning mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ular bankimiz tomonidan tashkil etilgan kichik biznesga ko‘maklashish markazlarida o‘qigan, imtixon topshirib sertifikat olgan yoshlar. Biz ularni yangi-yangi loyihalarni amalga oshirishga chorlayapmiz. Zero yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirishga tayyormiz",– deydi Biznesni rivojlantirish banki axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov.  

 

Tadbir so‘nggida  ishtirokchilar  yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida hali foydalanilmayotgan resurslar mavjudligini bildirishib, yoshlarni biznesga  faol jalb qilish bo‘yicha  o‘zaro fikr almashdilar.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"