O'zbekiston

Qozog'istondagi chigirtkalar O'zbekistonga ham bostirib kirmoqda

Holat bo'yicha O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Zamon.uz'ga ma'lumotlar taqdim etdi.

Qozog'istondagi chigirtkalar O'zbekistonga ham bostirib kirmoqda

 

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining ko'plab hududlarini chigirtka bosayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligining Zamon.uz'ga ma'lum qilishicha, hozirda mutaxassislar tomonidan hududda, zararli hasharotlarga qarshi tegishli choralar amalga oshirilmoqda.

 

Bildirilishicha, eng xavfli bo‘lgan katta va kichik saksovul bukur chigirtkasiga qarshi joriy yil aprel oyining uchinchi dekadasida kurash ishlari boshlangan. Xususan, Buxoro, Navoiy, Xorazm (Tuproqqal’a) viloyatlarida tizimli ish tashkil etilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimolida ob-havoning salqin keli sababli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlovlar iyun oyidan boshlangan.

 

Bir necha kun avval Qozog‘iston Respublikasi hududida misli ko‘rilmagan darajada zararli chigirtka tarqalgani haqida xabarlar e’lon qilindi. Vaziyat O‘zbekiston hududida favqulotda holat tusini olmasligi uchun qo‘shni davlat bilan transchegaraviy hududlarda, xususan, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida nazorat kuchaytirildi. Qayd etilishicha, Qozog‘iston Respublikasida zararli chigirtkaga qarshi kurash xizmatlari mavjud emasligi vaziyatni murakkablashtirgan. Qo‘shni mamlakatda bu kabi tadbirlar tender tanlovlarida g‘olib bo‘lgan xususiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Buning natijasida eng qimmatli resurs - vaqt boy berilib, chigirtkalarni chegaradosh hududlardan uchib o‘tishiga olib kelmoqda.

 

Ma’lumot uchun, chigirtkalar havo harorati ko‘tarilgani sari o‘rtacha hisobda 5-6 kunda 1 yoshni o‘taydi, ya’ni eng xavfli hisoblangan fazaga – qanot chiqarish davriga yetib keladi. Bunda hasharotlar kuniga 50-60 kilometrgacha masofani bosib o‘tishi mumkin. Chigirtkalar xavfini bartaraf etish maqsadida BMTning FAO dasturi doirasida qo‘shni davlatlarda tizimli ish tashkil qilish taklifi ilgari surilgan edi. Shuningdek, zararli chigirtkalar tarqalishi xavfi yuqori bo‘lgan Turkmaniston Respublikasi bilan transchegaraviy hududlar Buxoro va Xorazm viloyatlarida ham nazorat kuchaytirildi. Monitoring jarayonida Buxoro viloyatining Romitan, Qorako‘l, Olot, Jondor tumanlarida chigirtka tarqalganligi aniqlanib, o‘sha kunning o‘zida kimyoviy ishlov olib borildi. Bugungi kunga qadar Buxoro viloyatida 12321 gektar maydonda kurash tadbirlari o‘tkazilgan. Shuningdek, qo‘shni Xorazm viloyatida o‘choqlarni oldini olish maqsadida 3272 gektarda kimyoviy ishlov o‘tkazildi.

 

Zararli chigirtkaga qarshi kurash mavsumini betalofat o‘tkazish uchun moddiy-texnik baza yaratilgan bo‘lib, yoqilg‘i, kimyoviy vositalar zahirasi jamg‘arilgan. Jumladan, 144 ta OVX va VP-1 traktor purkagichi, 309 ta motorli osma qo‘l purkagichi, 28 ta yuqori unumli purkagichli avtomashinalar – jami 500 dan ortiq texnika jalb etilgan. Ma’lumot uchun, 2024-yilda respublikada zararli chigirtkalarning 574,8 ming gektar maydonda kurash tadbirlari olib borilishi bashorat qilingan. Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha 375,4 mingdan ortiq gektar maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazilgan. Kuzgi va bahorgi kuzatuvlar natijasida hasharot tuxum qo‘ygan areallar ham ko‘zdan kechirilib, favqulotda vaziyat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida kurash choralari davom etmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"