O'zbekiston

Prezident "Gʻijduvon ipak tola" korxonasi faoliyati bilan tanishdi

U yerda yiliga 48 tonna xom ipak va 28 tonna ipak momig‘i ishlab chiqarish quvvati yaratilgan.

Prezident "Gʻijduvon ipak tola" korxonasi faoliyati bilan tanishdi

 

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev «Gʻijduvon ipak tola» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Ta’kidlanishicha, mamlakatimizda bu tarmoqda ham klaster tizimi joriy etilgan bo‘lib, 74 ta pilla-ipakchilik klasteri va 11 ta urug‘chilik korxonasi tashkil qilgan. Tut maydonlari 40 ming gektardan 55 ming gektarga kengaygan. Bularning natijasida pilla yetishtirish hajmi 2,5 barobar, ipak mahsuloti eksporti 3 barobar ko‘paygan.

 

"Gʻijduvon ipak tola"da ham klaster tizimi yo‘lga qo‘yilib, yiliga 48 tonna xom ipak va 28 tonna ipak momig‘i ishlab chiqarish quvvati yaratilgan. Unga Gʻijduvon va Shofirkon tumanlari biriktirilgan bo‘lib, ozuqa bazasi uchun o‘tgan yili 2 million 300 ming tup tut ko‘chatlari ekilgan. Ikki tumanda 28 ming nafar aholi ish bilan ta’minlangan.

 

Korxonada pilla xomashyosi to‘liq qayta ishlanadi. Bu yil ikki marta hosil olinib, 842 tonna pilla xomashyosi yetishtirildi. Bu 104 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish hamda 4 million dollardan ziyod eksport qilish imkonini beradi.

 

Shavkat Mirziyoyev pilla qurtxonasi va hosilini ko‘zdan kechirdi. Pilla genetikasini rivojlantirib, sifat toifasini oshirish, klasterlar faoliyatiga ilmni olib kirish zarurligini ta’kidladi. Namunali klasterlarda boshqa pillakorlarni o‘qitib, ilg‘or texnologiyalarni ommalashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"