O'zbekiston

“Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida birinchi zavod ishga tushdi

U Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi arafasida ochildi.

“Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida birinchi zavod ishga tushdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi arafasida “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida “Enpipe” korxonasi ishga tushirildi.

 

Umumiy qiymati 58 million dollar bo‘lgan loyiha to‘liq xorijiy investisiya hisobidan amalga oshirildi. Xitoy, Turkiya, Niderlandiya va Ispaniyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilib, yiliga 300 ming tonna metall quvurlar ishlab chiqarish tashkil etildi. To‘g‘ri chokli uslubda tayyorlanuvchi bu quvurlar yuqori bosimga va tashqi ta’sirlarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Ilgari bunday mahsulotlar, asosan, xorijdan olib kelinar edi. Tashishda quvurlar hajmi ko‘p joy egallagani uchun narxi ham qimmatga aylanardi.

 

 

Endi turli qalinlikdagi metallar list shaklida olib kelinib, shu yerda tayyorlanmoqda. Buning samarasida tannarx 25 foiz arzonlashdi. Gaz-kimyo va tog‘-kon sanoati, qurilish va boshqa sohalarda bunday chidamli quvurlarga talab yuqori. Xususan, shu yerda qurilayotgan MTO gaz-kimyo majmuasida ham shundan foydalaniladi. Korxonada 400 dan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlandi. Davlatimiz rahbariga korxonaning rejalari, navbatdagi bosqichlar haqida ma’lumot berildi.

 

Ushbu loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun ishlar boshlab yuborilgan. Unda bosimga bardoshli turli hajmdagi rezervuarlar ishlab chiqariladi. Yana 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyiha to‘liq quvvat bilan ishlasa, 121 million dollarlik mahsulotlar tayyorlash imkoni tug‘iladi. Korxonaning eksport salohiyati yanada ortadi.

 

 

Davlatimiz rahbari shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlashdi.

 

- Bugun Buxoroga kelishimizdan maqsad 2 milliondan ziyod aholining turmushini yaxshilash, daromad manbai yaratish, kambag‘allikni qisqartirish. Viloyatning ko‘p joyida ekin ekish uchun yerning sho‘rini yuvish kerak. Shuning uchun biz ko‘proq sanoatga e’tibor berayapmiz. Mana shu zavodni ham nima uchun qurdik? Bunday quvurlarni olib kelish uchun ko‘p pulimiz yo‘lga ketardi. Bugun yana yangi inshootlar qurilishini boshlaymiz. Ularning atrofida bir nechta korxonalar, ish o‘rinlari paydo bo‘ladi. Pirovard natijada odamlarning uyiga yorug‘lik, ishonch va umid kiradi. Ana shu umid bizlarni birlashtiradi, - dedi Prezident.

 

Viloyat sanoatida “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi yana bir zamin bo‘ladi. Ushbu hudud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 avgustdagi tegishli qaroriga asosan tashkil etilgan. Uning umumiy maydoni 566 gektar bo‘lib, 5 ta yirik loyiha joylashtirilgan. Ular bosqichma-bosqich amalga oshirilib, yakunda uch mingga yaqin ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"