Jahon

Turkmanistonda Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi

Tadbirda mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham ishtirok etdi.

Turkmanistonda Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi

 

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etgan tadbir doirasida buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy haykalining tantanali ochilishi ham tashkil etilgan.

 

Qayd etish joiz, bog‘ning markaziy qismi – Maxtumquli Firog‘iy yodgorligidir. Yodgorlik jahonga mashhur yozuvchilarning 24 haykalini birlashtirgan yangi madaniyat va istirohat bog‘i majmuasining markaziy qismiga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"