O'zbekiston

Denovda sud raisi va advokat YTHga uchradi

Avtohalokatda avdokat vafot etdi.

Denovda sud raisi va advokat YTHga uchradi

 

Surxondaryo viloyatining Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi raisi yo‘l transport hodisasiga uchragani ma’lum bo‘ldi. Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati voqea tafsilotlarini ochiqladi.

 

Keltirilishicha, YTH oqibatida u bilan bitta avtomashinada bo‘lgan advokat halok bo‘lib, sudyaning o‘zi turli darajada tan jarohati olgan. Holat yuzasidan 9 mart kuni xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan, unda Sudyalar odobi kodeksi talablari buzilgani aniqlangan.

 

Tekshiruv xulosasini Surxondaryo viloyati sudlari sudyalar malaka hay’ati muhokama qilgan va tuman sudi raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish bo‘yicha qaror chiqargan. Mazkur qarorga nisbatan berilgan shikoyatlar esa rad etilgani aytiladi. Sudyalar oliy kengashi tarmoqlarda tergov ishlari tugamaganiga qaramay sud raisining ishdan ketgani barvaqt xulosaga kelish deya talqin qilingan xabarlarni rad etdi.

 

"Fojia sodir bo‘lgan paytda avtomashina boshqaruvida sudya (sud raisi) bo‘lganiga oid axborotlar ham yo‘q emas", - deya qo‘shimcha qildi Sudyalar oliy kengashi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"