O'zbekiston

Umra ziyorati tartibi takomillashtiriladi

Tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yangi lisenziyalanadigan faoliyat turi joriy etilmoqda.

Umra ziyorati tartibi takomillashtiriladi

 

Senatorlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, keyingi yillarda fuqarolarning Umra ziyoratiga borib kelishida turli muammolarga duch kelish holatlari aniqlanmoqda. Xususan, turizm faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayrim tadbirkorlar Umra safariga ketish haqidagi reklamalarda berilayotgan va’dalarini bajarmayotgani, manzilga yetib borganda mehmonxonalar bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, ko‘p hollarda esa ziyoratchilar borish-kelishda samolyot reyslarining belgilangan sanadan kechikishi kabi holatlar uchrayapti.

 

Senatorlar muhokama qilgan qonun shu kabi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. U ziyoratchilar Umra amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, xorijda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Qonun bilan “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunlarga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

 

Jumladan, Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yangi lisenziyalanadigan faoliyat turi joriy etilmoqda. Ushbu lisenziya Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan beriladi hamda uni olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Mazkur qonun bilan amalga oshirilishi uchun ruxsat va tegishli hujjatlarni talab etadigan faoliyat turlari qatoriga Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirganlik uchun ham ruxsatnoma olish qo‘shimcha sifatida kiritilmoqda.

 

Bundan tashqari, lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar o‘zgaradi. Endilikda Umra tadbirlarini lisenziyasiz amalga oshirish yoki lisenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olish bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarida jarimaga sabab bo‘ladi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"