O'zbekiston

Hozirgi epidemik barqarorlik har qachongidan ham muhim

Sanitariya-epidemiologiya sohasi tashkil etilganiga 90 yil to'ldi.

Hozirgi epidemik barqarorlik har qachongidan ham muhim

 

Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan "Pandemiyaga qarshi tayyorgarlik: ilmiy asoslar va amaliy yechimlar" Xalqaro ilmiy-amaliykonferensiya o‘tkazildi. Hozirgi kunda yuqumli kasalliklarga qarshi yangi davo choralari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pandemiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish soha xodimlarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, COVID-19 pandemiyasi butun dunyo uchun sinovli va tahlikali davrga aylandi. Koronavirus pandemiyasi davrida dunyo miqyosida sog‘liqni saqlash tizimining global pandemiya ta’siriga tayyorgarlik ko‘rish, unga javob berish bo‘yicha tibbiyotda ko‘plab kamchiliklar aniqlandi. Bu esa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pandemiyaga qarshi kurashish jarayoni maqsadli investitsiyalarni amalga oshirish, pandemiyaga tayyorgarlikni moliyalashtirish va monitoringini doimiy ravishda olib borish, pandemiya va epidemiyalar davrida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish, siyosiy majburiyat, jamoatchilik ishtiroki va davlat tomonidan moliyalashtirish orqali nimalarga erishish mumkinligini ko‘rsatdi. Pandemiyadan olingan saboqlar insoniyatga hozirgi va kelajakdagi muammolarni yengishga yordam beradi. Butun dunyoga xavf solgan koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya sohasining jamiyat salomatligi uchun naqadar muhim ekanligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Konferensiya davomida bu haqida alohida ta’kidlandi.

 

"Anjumanda Karantin qoidalari yo‘lga qo‘yilgan va kasallik ko‘paya borgan davrda Sanitariya-epidemiologiya tizimining barcha xodimlari kasallik o‘choqlarida o‘z sog‘lig‘ini xavf-xatarga qo‘yib, yurtdoshlari salomatligini asrashga beminnat hissa qo‘shdi. Davlat rahbari tomonidan o‘z vaqtida qabul qilingan qaror, hukumatning uyushqoqlik bilan olib borgan faoliyati hamda Xalqaro tashkilotlar ko‘magida keltirilgan kasallikka qarshi vaksinalar tufayli O‘zbekiston ushbu kasallikda juda past ko‘rsatkichdagi talafotlar bilan chiqdi. Kasallikka qarshi kurashish borasidagi O‘zbekiston tajribasi JSST tomonidan bir necha bor namuna sifatida ko‘rsatildi”, - dedi Sanepidqo‘mita raisi Bahodir Yusupaliyev.

 

Tadbir davomida Sanitariya-epidemiologiya sohasi rivojiga uzoq yillar davomida qo‘shgan salmoqli hissasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashdagi mashaqqatli xizmatlari uchun bir qator soha vakillari "O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya sohasi rivojidagi samarali mehnati, davlat va jamoat ishlaridagi faol ishtirok etganlarga Faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.

 

O‘zbekiston hududida rasman 1933-yilda sanitariya inspeksiyasi tashkil etilgan bo‘lib, 1934-yilda O‘zbekiston sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining ochilishi, Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilgani, normativlar tasdiqlanishi sanitariya nazoratining yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim rol o‘ynadi. Yurtimizga chetdan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va aholi orasida tarqalishining oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ishlari tizimli bajarilmoqda. Bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi bepul emlash olib borilmoqda. Ichimlik suvi sifati va ochiq suv havzalari ustidan monitoring olib borish, bozorlar, ovqatlanish shoxobchalari, jamoat joylarida sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhit havosining musaffoligini saqlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Soha xodimlarining tinimsiz mehnatlari sababli yurtimizda epidemik barqarorlik saqlanib qolmoqda va salomatlik bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning oldi olinmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"