O'zbekiston

5 ta hududda chiqindilarni olib ketish narxi belgilandi

Bu Prezident qarori ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.

5 ta hududda chiqindilarni olib ketish narxi belgilandi

 

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi.

 

Qayd etilishicha, ushbu tariflar Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

 

Shu asosda quyidagi to‘lov miqdorlari belgilandi:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasida jismoniy shaxslar uchun oyiga 4 032 so‘m (QQS bilan), yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun 72 240 so‘m (QQS bilan);

- Jizzax viloyatining jami 13 ta shahar va tumanida jismoniy shaxslar uchun 1 kishiga oylik 6 000 so‘m, yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun (QQSsiz) 60 000 so‘m va 1 tonna uchun (QQSsiz) 135 420 so‘m;

- Sirdaryo viloyati bo‘yicha aholi uchun 4 000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun (QQS bilan) 81 ming so‘m;

- Surxondaryo viloyatining jami 15 ta shahar va tumanida aholi uchun 1 kishiga oylik 4 500 so‘m hamda yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun (QQSsiz) 70 000 so‘m;

- Qarshi shahrida aholi uchun 6 160 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun (QQS bilan) 89 600 so‘m.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"