O'zbekiston

Toshkent shahrida transport vositalari harakati cheklanadi

Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi,

Toshkent shahrida transport vositalari harakati cheklanadi

 

Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan joriy yilning 10-mart kunidan boshlab har kuni soat 19:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.

 

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

⁃ Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar.

 

Bektemir tumani bo‘yicha:

⁃ Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan Xusayin Boyqaro ko‘chasiga qadar.

 

Yashnobod tumani bo‘yicha:

⁃ Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar.

⁃ Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar.

 

Mirobod tumani bo‘yicha:

⁃ Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi Quyliq – Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga qadar.— Quyliq ota masjidi TXAY – Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar.

 

Sergeli tumani bo‘yicha:

⁃ Ma’ruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Chosh tepa 1-tor ko‘chasiga qadar.

⁃ No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli – No‘g‘ayqo‘rg‘on KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha.

 

Yakkasaroy tumani:

⁃ Usmon bin Ma’zum masjidi KXAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY – Qushbegi chorrahasigacha.

⁃ Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bog‘u bo‘ston chorraxasigacha.

⁃ Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar.

 

Yangihayot tumani:

⁃ Niyozmat ota masjidi TXAY – Binokor chorrahasidan Pastdarg‘on mahallasiga kirishga qadar.

 

Shayxontohur tumani bo‘yicha:

⁃ Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och chorrahasigacha.

⁃ Kamolon masjidi Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor chorrahasigacha.

 

Olmazor tumani bo‘yicha:

⁃ Xasti Imom masjidi Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy chorrahasigacha.

⁃ Islomobod masjidi KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha.

⁃ Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha.

 

Yunusobod tumani bo‘yicha:

⁃ Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar.

 

Uchtepa tumani bo‘yicha:

⁃ Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa ko‘chalari chorrahasigacha.

⁃ Xazrati Ali masjidi Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha.

 

Chilonzor tumani bo‘yicha:

⁃ Novza masjidi Bunyodkor – Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha.

⁃ Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha.

⁃ Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"