O'zbekiston

Mahallalarda aholi daromadini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalarda aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Mahallalarda aholi daromadini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

 

Mamlakatimizda ishsizlikni kamaytirish maqsadida ko‘plab iqtisodiy dasturlar amalga oshirilmoqda. Kichik biznes va tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanib, hududlarda korxonalar ochilmoqda. Professional ta’lim muassasalari va “Ishga marhamat” monomarkazlarida aholiga zamonaviy kasb-hunarlar hamda xorijiy tillar o‘rgatilmoqda.

 

Bu yil 5 million aholining bandligini ta’minlash, 2 million kishini tadbirkorlikka jalb etish maqsad qilingan. Buning uchun davlat tomonidan barcha tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, bu maqsadlarga 16 trillion so‘m ajratildi. Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Mahallabay ishlash agentligi, Fermerlar kengashi jamg‘armalari tomonidan 1,4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

 

Endi asosiy vazifa – bu imkoniyatlarni joylarda samarali ishlatib, aholiga daromad manbai yaratib berishdir. Prezident topshirig‘iga muvofiq, Jizzax viloyatining Gʻallaorol va Sharof Rashidov tumanlari misolida bu borada tez natija beradigan yangi mexanizmlar ishlab chiqilmoqda. Kelgusida bu tizim barcha hududlarda joriy etiladi.

 

Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri J.Qo‘chqorov mazkur tumanlardagi yangi imkoniyatlar va ularni ishga solish bo‘yicha takliflarni bayon etdi. Unga ko‘ra, har bir mahallaga iqtisodiy kompleks tashkilotlari rahbarlari biriktiriladi. Ular o‘zi mas’ul bo‘lgan mahalladagi kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlab, odamlarning daromadini oshirishga ko‘maklashadi. Arzon kreditlar, subsidiya va imtiyozli resurslar, eng avvalo, aholini kambag‘allikdan chiqarishga yo‘naltiriladi. Yashirin biznes qonuniylashtirilib, rasmiy ish o‘rni ko‘paytiriladi.

 

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ham, mahallaga mas’ullar bilan birga, aholi xonadonlarida serdaromad ekin ekishni tashkil qiladi. Yangi uskunalar va bozor talablarini mahallalarga yetkazish orqali aholiga daromadni oshirishni o‘rgatish zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda vazirlar va hokimlarning ham fikrlari eshitildi. Viloyat hokimlariga rivojlanishdan orqada qolayotgan tumanlarda shu kabi ishlarni tashkil etib, namuna qilish, har bir mahalla kesimida ishsizlikni kamaytirish choralarini ko‘rish topshirildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"