O'zbekiston

Advokat 100 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi

Hozirda bu bo'yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Advokat 100 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan hududlarda advokat, transport boshqarmasi bosh mutaxassisi va hokimlik xodimining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahridagi advokatlik byurosi advokati, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida, prokuratura organlaridagi mansabdor tanishlari orqali yengillik yaratib berish evaziga 100 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligining Jizzax viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Transport boshqarmasining Tenderlar o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi Forish tumanida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonaga davlat tomonidan berilgan ISUZU avtobusini sotish huquqi bo‘lmasa-da, jismoniy shaxsga 6,6 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chinoz tumani hokimligi xodimi tumandagi kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli kredit asosida berilgan uylardan birining egasini xabardorligisiz, u kredit to‘lovlarini amalga oshirmayotganligini ro‘kach qilib, ushbu xonadonni bank balansiga qaytarish orqali, boshqa bir fuqaro nomiga egalik huquqini beruvchi qaror chiqartirib, kredit rasmiylashtirib berish evaziga 6 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"