O'zbekiston

Samarqandda noqonuniy oltin qazuvchilar qo‘lga tushdi

Ularga tegishli bo‘lgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilgan.

Samarqandda noqonuniy oltin qazuvchilar qo‘lga tushdi

 

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Qo‘shrabot tumanida oltin rudasini noqonuniy qazish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar aniqlandi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, tumanning Minishkor mahallasi hududidagi yaroqsiz holatga kelib qolgan yer osti shaxtasi mahalliy aholi tomonidan o‘zlashtirib olingan. Ular noqonuniy tarzda muntazam yer osti ma’danli toshlarini qazish, oltin ajratib olish, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullangan.

 

Mahalla hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1984-yilda tug‘ilgan, mavsumiy ishchi X.X., 1997-yilda tug‘ilgan sport maktabi murabbiyi N.O., 1987-yilda tug‘ilgan tuman obodonlashtirish bo‘limi ishchisi O.S. noqonuniy tarzda oltin rudalarini qazish bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

 

Bundan tashqari, ushbu shaxtada Navoiy shahri, Xatirchi, Qo‘shrabot, Paxtachi tumanlarida istiqomat qiluvchi yana 9 nafar fuqaro ham noqonuniy faoliyat olib borganligi aniqlanib, ularga tegishli bo‘lgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirildi.

 

Hozir mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"