O'zbekiston

Tadbirkor va talaba fuqarolarning 100 mln so‘mga yaqin pulini o‘zlashtirdi

Holat Farg'onada sodir bo'lgan.

Tadbirkor va talaba fuqarolarning 100 mln so‘mga yaqin pulini o‘zlashtirdi

 

Farg‘onada tadbirkor va Turin politexnika universiteti talabasi soxta ilova yaratib, fuqarolarning 100 mln so‘mga yaqin pulini o‘zlashtirdi. Ular go‘yo fuqarolarning plastik kartasidagi pulni birjada kriptovalyutaga almashtirgan holda talon-toroj qilgan.

 

Farg‘onada soxta ilova yaratib, fuqarolarning 100 million so‘mga yaqin pulini o‘zlashtirganlarga sud hukmi o‘qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida yashovchi tadbirkor Sh.Sh. hamda Turin politexnika universiteti talabasi A.Yu. ham axborot tizimi orqali odamlarni chuv tushirish rejasini tuzgan.

 

Ular internet ijtimoiy tarmog‘idan foydalanib, «Agrobank mobile» zararli ilovasini yaratgan. Mazkur ilova orqali fuqarolarning plastik kartasidan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Dastur yordamida fuqaro A.N.ning plastik kartasidagi 47 million 235 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini birjada kriptovalyutaga almashtirgan holda talon-toroj qilgan.

 

Bundan tashqari, fuqaro O.J.ning kartasidagi 45 million 225 ming so‘m so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini ham kriptovalyutaga almashtirgan holda o‘zlashtirib olgan. Farg‘ona viloyat IIB kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan mazkur holatlar bo‘yicha tezkor texnik tadbirlar o‘tkazilib, ularning harakatlariga aniqlik kiritildi. Sudlanuvchilarga sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"