O'zbekiston

O'tgan oyda 100 mlrd so‘mga yaqin elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgan

Respublikaning barcha hududlarida 24 969 ta profilaktika tadbir o‘tkazildi.

O'tgan oyda 100 mlrd so‘mga yaqin elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgan

 

"O‘zenergoinspeksiya" 2024-yil yanvar oyida 995 ta iste’molchi elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida tizimga 94,5 so‘m zarar yetkazilganini ma’lum qildi.

 

Bir oyda 995 ta iste’molchi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 94 milliard 542 million so‘m zarar yetkazildi.

 

Qayd etilishicha, yanvar oyida Energetika vazirligi huzuridagi "O‘zenergoinspeksiya" ishtirokida Bosh prokuratura hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 995 ta iste’molchi tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Unga ko‘ra 20 mln 486 ming kVt⋅soat elektr energiyasi va 47,3 million metr kub tabiiy gaz talon-taroj qilingan bo‘lib, davlat manfaatlariga jami 94 miliard 542 million so‘m zarar yetkazilgan.

 

Respublikaning barcha hududlarida Inspeksiya tomonidan 24 969 ta profilaktika tadbir o‘tkazildi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 937 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

 

Energiya samaradorligi, avariya va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan 14 ta davlat korxona va muassasasida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Ta’minotchi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 1 540 ta ob’yekt hamda 2 565 ta ijtimoiy soha ob’yekti o‘rganildi.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"