O'zbekiston

2024-yilda 1 mln gektar maydonga paxta ekiladi

Mavsum boshida 45,5 ming tonna chigit tozalangan.

2024-yilda 1 mln gektar maydonga paxta ekiladi

 

O‘zbekistonda 2024-yil hosili uchun 1 million gektar maydonlarda g‘o‘za navlari ekish rejalashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, ushbu g‘o‘za navlarini ekish uchun 50 ming tonna urug‘lik chigit talab etiladi. Gʻo‘za navlarining iqlim sharoitiga mos 22 ta ertapishar, 3 ta o‘rtapishar, 4 ta ingichka tolali hamda 24 istiqbolli va yangi navlarni ekish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, respublika bo‘yicha mavjud 46 ta urug‘lik chigit tayyorlash syexlari to‘liq ishlashi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilgan. Urug‘lik chigitlarni qadoqlash uchun yetarli miqdorda qop va yorliqlar, kimyoviy preparatlar zaxirasi yaratilgan.

 

Mavsum boshidan rejaga nisbatan 45,5 ming tonna yoki 81,3 foiz urug‘lik chigit tozalanib, saralangan va bu ishlar davom ettirilmoqda. Qolaversa, mavsum davomida hududiy boshqarma va tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 188 ta nazorat tadbirlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ogohlantirishlar berilishi ta’minlangan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"