O'zbekiston

Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan ozod etildi

Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlari axborot xizmati xabar berdi.

Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan ozod etildi

 

Sattoriyning o‘talmay qolgan 2 yil 11 oy 25 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi Jinoyat kodeksining 74-moddasi (jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish) 3-qismi "v" bandiga asosan axloq tuzatish ishi jazosiga almashtirilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi foydasiga undirish belgilandi.

 

Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy sud ajrimi bilan qamoqdan ozod etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlari axborot xizmati xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, 2024-yil 5-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudida Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi "a", "g" bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining 2024-yil 2-fevral kunidagi ajrimiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021-yil 10-may kunidagi hukmi, Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati appelyasiya instansiyasining 2021-yil 15-iyuldagi ajrimi va Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2022-yil 5 apreldagi ajrimi o‘zgartirilib, 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga keltirilgan Otabek Sattoriy (1980-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangan)ning sudga kiritgan iltimosnomasi ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi.

 

Shu tariqa sudning ajrimi bilan O.Sattoriy 2024-yil fevral oyining 5-kuniga qadar o‘talmay qolgan 2 yil 11 oy 25 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi Jinoyat kodeksining 74-moddasi (jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish) 3-qismi "v" bandiga asosan axloq tuzatish ishi jazosiga almashtirilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi foydasiga undirish belgilandi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"