O'zbekiston

Poytaxt hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha kompaniya tashkil etildi

Bu bo'yicha shahar hokimining qarori qabul qilingan.

Poytaxt hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha kompaniya tashkil etildi

 

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov 26-dekabr kuni “Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qaror prezidentning 2023-yil 28-avgustdagi farmoni asosida qabul qilingan.

 

Quyidagilar mazkur davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilandi:

 

  • O‘zbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va Toshkent shahar hokimining tegishli hujjatlari asosida berilgan vazifa hamda topshiriqlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

 

  • Ko‘p kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;

 

  • Birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;

 

  • Obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

 

  • Loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash, xaridlarni rejalashtirish, xaridlar tartib-taomillarini belgilash va uning shaffofligini ta’minlash;

 

  • Loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo‘yicha exnik nazorat olib borilishini ta’minlash, mualliflik nazoratini tashkil etish hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obyektlarni foydalanishga qabul qilish ishlarini tashkil etish.

 

Shuningdek, kompaniya ko‘p kvartirali uy-joy fondi obyektlarini ta’mirlaydi, modernizatsiya qiladi hamda energiya samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, ko‘p kvartirali uylarda liftlarni almashtiradi, ta’mirlaydi, modernizatsiya qiladi.

 

Budjet tizimi budjetlari hisobidan ko‘p kvaratirali uylarni ta’mirlash bilan bog‘liq barcha tadbirlar bo‘yicha ishlab chiqiladigan dasturlar va manzilli ro‘yxatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan kelishiladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"