O'zbekiston

Toshkentda erkak 48 yoshli ayolni yoqib yubordi

Holat Yashnobod tumanida yuz bergan.

Toshkentda erkak 48 yoshli ayolni yoqib yubordi

 

Toshkent shahri Yashnobod tumanida erkak maishiy chiqindilarni qabul qilish punktida yashovchi 48 yoshli ayolni ustiga benzin sepib, yoqib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat sodir bo‘lganini Bosh prokuratura ham tasdiqlagan.

 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan erkakka (1966 yilda tug‘ilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Jabrlanuvchi ayolning tanasida 18 foiz kuyishi, bosh o‘ng tepa qismining lat yeyishi kabi tan jarohatlari borligi aniqlangan. Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlagan. Tergov harakatlari boshlangan.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"