O'zbekiston

Xorijdan qalbaki dollarlar kirib kelgani aniqlandi

Holat yuzasidan bir qator shaxslar qo'lga olindi.

Xorijdan qalbaki dollarlar kirib kelgani aniqlandi

 

Surxondaryo viloyatida yashovchi shaxs 50 AQSH dollari kupyuralaridan iborat bo‘lgan qalbaki 19250 AQSH dollarini haqiqiy 10 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan ushbu qalbaki kupyuralarni Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqarodan kelgusida o‘tkazish maqsadida sotib olganligi aniqlanib, u ham qo‘lga olindi.

 

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 2 nafar shaxs qalbaki 500 ming AQSH dollarini xaridor bilan haqiqiy 325 ming AQSH dollariga ayirboshlashga kelishib, dastlab unga namuna sifatida Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan 100 AQSH dollari kupyuralaridan iborat qalbaki 7600 AQSH dollarini haqiqiy 5 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

 

Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan "Erkin" YPX maskanida "Lasetti" avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Buxoro shahrida yashovchi, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsning yonida 100 AQSH dollari kupyuralaridan iborat qalbaki 8900 AQSH dollari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro Turkiyada tayyorlanib, Qirg‘iz Respublikasi orqali O‘zbekistonga olib kelingan ushbu qalbaki xorijiy valyutalarni kelgusida sotib, daromad topish maqsadida Toshkent shahriga kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"