O'zbekiston

Kuchli zilzilalar haqida barvaqt xabardor qilish milliy tizimi ishga tushirildi

Tizim hozirda test rejimida ishlamoqda.

Kuchli zilzilalar haqida barvaqt xabardor qilish milliy tizimi ishga tushirildi

 

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshlig‘i Qahramon Qo‘chqorov ma’lum qildi. Qayd etilishicha, kuchli zilzilalarni qayd etuvchi akselerometrlar Respublika bo‘yicha Farg‘ona, Namangan, Andijon, Jizzax, Samarqand, Boysun, Nurota, Gazli, Pachkamar stansiyalariga jami 9 ta akselerometrlar o‘rnatildi.

 

Seysmik stansiyalarda akselerometrlar MSK-64 shkalasi bo‘yicha 5 va undan yuqori balli zilzila kuchi qayd etilganda: Seysmik ma’lumotlar seysmik stansiyalardagi maxsus dasturlar orqali avtomatik tarzda tahlil qilinadi hamda zilzilaning Toshkent shaxriga yetib kelish vaqti maxsus xabar keladi.

 

Hozirda Shveysariyaning Seysmologik xizmati (SED) hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi o‘rtasida O‘zbekistonda erta ogohlantirish tizimini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. "Kuchli zilziladan ogohlantirish" mobil ilovasi ishlab chiqilgan. Zilziladan erta ogohlantirish tizimi to‘liq ishga tushirilib, ishlashi to‘liq tekshirilgandan so‘ng, mobil ilova orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"