O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga tabrik yo‘lladi

Qatarda mustaqillik bayrami nishonlanmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga tabrik yo‘lladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlatining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga tabrik yo‘lladi.

 

Maktubda O‘zbekiston va Qatar xalqlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi tarixiy-madaniy rishtalar bugungi kunda keng ko‘lamli va uzoq muddatli aloqalarimizning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan ta’kidlangan.

 

"O‘rtamizda qaror topgan samimiy va do‘stona munosabatlar, sermahsul muloqotlarimizning tobora faollashib borayotgani, ko‘plab ustuvor sohalarda erishilgan muhim kelishuvlar natijasida so‘nggi paytlarda hamkorligimiz salohiyat va imkoniyatlarimizga mos bo‘lgan yuqori darajaga ko‘tarildi", - deyiladi jumladan qutlovda.

 

Davlatimiz rahbari Qatar yetakchisiga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi zafarlar, do‘st Qatar xalqiga esa tinchlik-omonlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik tiladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"