O'zbekiston

Parkinsonga chalingan bemorlarga erkin harakatlanish imkonini beruvchi implant yaratildi

U bemorlarning yiqilmay yurishi va muvozanatni yo‘qotmay harakatlanishini ta’minlaydi.

Parkinsonga chalingan bemorlarga erkin harakatlanish imkonini beruvchi implant yaratildi

 

Parkinson tashxisi qo‘yilgan bemorlar erkin harakatlanish, yurish va muvozanatni saqlashga qiynaladi. Bu borada ularga eng yaqin ko‘makchi — dori-darmonlar. Biroq preparatlarning ham ta’sir kuchi va muddati chegaralangan. Ana shu muammoga samarali yechim izlagan Shveysariya olimlari yangi texnologiya yaratishga muvaffaq bo‘ldi. U bemorlarning yiqilmay yurishi va muvozanatni yo‘qotmay harakatlanishini ta’minlaydi.

 

Yangi texnologiya orqa miya implanti bo‘lib, u xastalikka chalingan organizmga o‘rnatiladi. Qurilma miya faoliyatiga taqlid qilib, mushaklarga elektr impulslarini yuboradi. Tajribada ishtirok etgan ilk bemor — italiyalik Mishel Rokkati avtohalokat tufayli umurtqa pog‘onasi jiddiy shikastlangan. Shundan buyon mustaqil harakatlana olmaydi. Bemorda klinik sinov muvaffaqiyatli o‘tdi. U endi tanasiga o‘rnatilgan implant yordamida bemalol o‘rnidan turib, taxminan ikki soat, ya’ni dam olmasdan bir kilometr masofaga yura oladi. Navbatdagi bemor — Mark Gotiyer yigirma yildan beri Parkinson kasalligidan aziyat chekib keladi. Yuqori texnologik operatsiya yordamida unga implant o‘rnatilgach, avval muvozanatni saqlash, keyinroq 6 kilometrgacha masofani bosib o‘tish qobiliyatiga ega bo‘ldi.

 

Olimlar mazkur qurilma kelgusida umurtqa pog‘onasi og‘ir jarohatlaridan qiynalayotgan hamda Parkinsonga chalingan bemorlarga tik turish, yurish va sport bilan shug‘ullanish imkonini berishiga ishonch bildirmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"