O'zbekiston

O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan harorat ko‘tariladi

Sovuq havo massasi haftaning ikkinchi yarmidan chekina boshlaydi.

O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan harorat ko‘tariladi

 

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 11-dekabr kuni sovuq va nam havo massasi asta-sekin respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Barcha joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi hududlarida esa yog‘ingarchilik kechga yaqin boshlanadi.

 

12-dekabrda qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

11—12-dekabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Chorshanbadan jumagacha O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

 

11—13-dekabr kunlari sovuq kuchayadi va havo harorati kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari 15-20 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 7-12 daraja sovuqqacha pasayadi. Respublika janubida kuchli sovuqlar kutilmaydi, kechalari harorat faqat 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi.

 

11—13-dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. 14—15-dekabrda O‘zbekiston hududidan sovuq havo massasi chekina boshlaydi va sovuq kuchsizlashadi. Ish haftasining oxirida havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, shimolda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"