O'zbekiston

Oliy sud xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Holat Toshkent shahrida yuz bergan.

Oliy sud xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

 

Toshkentda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati katta konsultanti fuqarodan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan ushbu amaldor muqaddam sudlangan 2 nafar shaxsga nisbatan Oliy sudning Jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida kassatsiya tartibida ko‘rilayotgan jinoyat ishini Farg‘ona viloyat sudiga o‘tkazgan holda, ularning oqlanishiga yordam berishni va’da qilgan.

 

Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining sudya katta yordamchisi mahalliy tadbirkorning ishonchiga kirib, uning appelyasiya bosqichida ko‘rilayotgan da’vo arizalarini sudyalar orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 6 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, sudya katta yordamchisi muqaddam tadbirkorning Termiz tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilib, 600 AQSH dollari olganligi ham ma’lum bo‘ldi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"