O'zbekiston

Malakali tadbirkorlarga yanada ko‘proq imtiyozlar beriladi ajratiladi

Xususan, qator kategoriyadagi tashkilotlarga imtiyozlar, soliq preferensiyalari va yengilliklar berilmoqda.

Malakali tadbirkorlarga yanada ko‘proq imtiyozlar beriladi ajratiladi

 

So‘nggi yillarda iqtisodiyotimiz poydevori bo‘lmish kichik biznes, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, ushbu kategoriyadagi tashkilotlarga bir qator imtiyozlar, soliq preferensiyalari va yengilliklar berilmoqda.

 

Ushbu maqsadlarda joriy yilning 14 sentyabr kuni ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institusional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 

Unga asosan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi amalga oshiriladi.

 

Mazkur dastur doirasida kichik biznes vakillari moliyaviy va tadbirkorlik savodxonligiga o‘qitilib ularga bir qator moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari beriladi. Jumladan:

– 100 million so‘mgacha garovsiz kreditlar;

– 150 million so‘mgacha garov talabi 50%ga pasaytirilgan kreditlar;

– 18 foiz stavkada 7 yilgacha (aylanma mablag‘ uchun 3 yilgacha) muddatga 1,5 mlrd so‘mgacha kredit va lizing;

– qiymati 1,5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalar 7 yilgacha muddatli to‘lov asosida qarz berish;

– kichik biznes markazlariga 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan loyihalarga bo‘sh turgan davlat mulki ob’yektlari, yer maydonlari va asbob-uskunalar bilan 20 foizgacha ulushdor bo‘lib kirish huquqi berildi;

– innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish, startap loyihalariga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 mlrd so‘mgacha grant ajratish

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"