O'zbekiston

Toshkentdagi pichoqbozlik haqida IIBB rasmiy ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida ommaviy pichoqbozlik bo‘lganligi haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Toshkentdagi pichoqbozlik haqida IIBB rasmiy ma’lumot berdi

 

Toshkent shahar IIBB bu xabar haqiqatdan yiroq ekaninin qayd etib, tekshiruv jarayonida quyidagilar aniqlanganini ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 noyabr kuni taxminan soat 20.00 larda 1988-yilda tug‘ilgan X.Q. va 1993-yilda tug‘ilgan A.N. o‘rtasida qarz masalasida o‘zaro kelishmovchilik bo‘lganligi sababli Chilonzor tumanining 20-mavzesida gaplashib olish uchun uchrashishgan.

 

Orada nizo kelib chiqqanligi sababli X.Q. tomonidan A.N.ga o‘tkir tig‘li jism bilan bir marotaba jarohat yetkazilgan, natijada A.N. «Ko‘krak qafasi chap tomonlama kesilgan, sanchilgan» jarohati bilan tez-tibbiy yordam muassasasiga olib borilgan.

 

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamdan so‘ng A.N. shu kunning o‘zida hech kimga da’vosi yo‘qligini ma’lum qilib, shifoxonadan chiqib ketgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi IIBB xabarida.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"