O'zbekiston

O‘zbekistondagi "yashash uchun eng qulay shaharlar" aniqlandi

Reyting aholi soni 40 ming kishidan ortiq bo‘lgan respublikaning 30 ta shahri uchun ishlab chiqilgan.

O‘zbekistondagi "yashash uchun eng qulay shaharlar" aniqlandi

 

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan O‘zbekiston shaharlarining “yashash uchun qulayligi” reytingi tuzildi.

 

Indeksni shakllantirishda ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, barqarorlik, madaniyat va atrof-muhit yo‘nalishlaridagi jami 27 ta miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan. Reyting aholi soni 40 ming kishidan ortiq bo‘lgan respublikaning 30 ta shahri uchun ishlab chiqilgan. Reyting 100 balli tizimda tuzilgan.

 

Ta’kidlanishicha, shaharlarda yashash qulayligi yig‘ma indeks asosida baholanib, indeks milliy statistik ko‘rsatkichlar doirasida, Global Liveability reytingi metodologiyasi asosida ishlab chiqilgan.

 

Natijalarga ko‘ra, respublikadagi yashash uchun eng qulay shaharlar ichida Toshkent 79,1 ball bilan birinchi o‘rinni egallagan. Urganch 76,0 ball bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Buxoro 75,4 ball bilan yashash uchun eng qulay 3-shahar bo‘lgan. Reytingning to‘rtinchi va beshinchi pog‘onasidan Samarqand (70,6) va Navoiy (68,1) shaharlari joy olgan.

 

Ro‘yxatning eng quyi beshtaligida Bekobod (35,3), Xonobod (35,3), Yangiyer (33,5), Ohangaron (32,9) hamda Quvasoy (26,4) shaharlari joylashgan.

 

E’tiborli jihati, reyting bo‘yicha yashash qulay TOP-10 shaharlarning barchasi viloyat markazlari hisoblanib, reytingda ushbu shaharlarga reyting pog‘onalari bo‘yicha eng yaqin Qo‘qon (13-o‘rin), Xiva (14-o‘rin) va Chirchiq (16-o‘rin) kabi nomarkaziy hududiy birliklar joylashdi.

 

Yo‘nalishlar kesimida yetakchi shaharlar:

 

Taʼlim hamda tibbiyot: Buxoro, Guliston va Urganch.

Infratuzilma: Urganch, Navoiy va Toshkent.

Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik: Toshkent, Urganch va Guliston.

Madaniyat va atrof-muhit: Toshkent, Buxoro va Samarqand.

 

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, reytingni amaliyotga joriy etish natijasida respublika shaharlarining umumiy holatini bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy monitoring qilib borish imkoni yaratiladi. Shuningdek, reytingni takomillashtirish doirasida har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud muammoli sohalar aniqlanib, ularni bartaraf etish hamda kelgusidagi iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘luvchi omillarni kamaytirish mumkin, - deyiladi institut xabarida.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"