O'zbekiston

Arxeologiya yodgorligi bir qismi buzilib, uy-joylar qurilgani aniqlandi

Holat Surxondaryoda yuz bergan.

Arxeologiya yodgorligi bir qismi buzilib, uy-joylar qurilgani aniqlandi

 

Surxondaryoda 4 ta arxeologiya yodgorligiga 7 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilishga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Shunday tadbirlarning birida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 4 ta arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazilgani aniqlandi.

 

Xususan:

  • miloddan avvalgi V–I asrlarga oid “Tallagan tepa” yodgorligining 40 kvadrat metr qismi kesib olinib, avtomobil yo‘li o‘tkazilishi oqibatida 888 milion so‘mlik;

  • V–VIII asrlarga oid “G‘o‘rintepa” yodgorligining 200 kvadrat metr qismi buzilib, uy-joylar qurib yuborilishi oqibatida 4,7 milliard so‘mlik;

  • I–IV asrlarga oid “Xushvaqtepa” yodgorligi tuprog‘i 12 kvadrat metri olinib, hojatxona qurilgani oqibatida 266 million so‘mlik;

  • V–VII asrlarga oid “Toshtepa” yodgorligining 56 kvadrat metr tuproqlari olinib, molxona qurilgani oqibatida 1,2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

 

Aniqlangan holat yuzasidan tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"