O'zbekiston

Qanqa yodgorligidan V-VII asrlarga oid devoriy sur’atlar topildi

Respublikamizning ko‘pgina hududlarida tarixiy yodgorliklarni o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qanqa yodgorligidan V-VII asrlarga oid devoriy sur’atlar topildi

 

O‘rganilgan ob’yektlarning “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga aylantirilishi yangi turizm marshrutini yaratishga xizmat qiladi. Misol sifatida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Qanqa yodgorligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ushbu yodgorlik Toshkent shahrining eng yirik va qadimiy poytaxt shaharlaridan bo‘lib, XI-XII-asrlarga qadar Buyuk ipak yo‘lidagi savdo aloqalarida eng muhim shahar sifatida tilga olingan. Xitoy, fors, Yevropa manbalarida tilga olingan bunday yirik shahar o‘rganilishi boshlangan.

 

Toshkentdan 70 km janubi-g‘arbda, Oqqo‘rg‘on tumani hududidagi Qadimgi Qanqa shahri yodgorliklari eramizdan oldingi IV – III asrlarga oid bo‘lib, XII asrgacha Toshkent vohasi hayotida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli, Qanqa shahri Chochning eng qadimgi poytaxti deb qaraladi.

 

Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimlari Sur’at Kubayev, Gennadiy Bogomolov hamda markaz tayanch doktoranti Doston Badriddinovlar ushbu yodgorlikda o‘rganish olib borishdi.

 

Qazishmalar davomida o‘rta asr qurilishlari ostida ibodatxonaga tegishli bo‘lgan ulkan inshoot qoldiqlari ochildi. Inshoot devorlari yonidan V-VII asrlarga tegishli devoriy rasmlar bo‘laklari topildi. Devor rasmlarida qizil va qora ranglar ishlatilgan.

 

Ulkan inshootning katta o‘lchamlari ilk o‘rta asrlarga tegishli ibodatxonaning sharqiy old qismida ulkan zal bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

 

Zal ichki qismidan devor rasmi parchalarining topilishi, uning hashamatli diniy marosimlar o‘tkazishga mo‘ljallanganini tasdiqlaydi.

 

Shunday qilib, yunon-rim, xitoy va arab manbalarida tilga olingan Marakaziy Osiyoning sanoqli shaharlardan biri bo‘lgan Qanqa yodgorligidagi keng ko‘lamdagi tadqiqotlar yurtimiz tarixi haqida yanada ko‘proq ma’lumotlar berishi bilan birga, Toshkent vohasi hududida yangi turistik marshrutni yaratishga ham imkon beradi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"