O'zbekiston

Olimjon Haydarov ustidan sud boshlandi

Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Olimjon Haydarov ustidan sud boshlandi

 

Bugun, 31-oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudida bloger Olimjon Haydarovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, O. Haydarov (1989 yilda Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan, bloger, muqaddam sudlanmagan) Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi "a", 3-qismi "a" bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi "a" bandi va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi "a", "b" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

 

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining raisi A. Ergashev raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

 

"Sud majlisi ochiq deb e’lon qilingach, dastlab sudlanuvchining himoyachisi tomonidan sud jarayoni mobaynida audio va videoyozuvni amalga oshirish haqidagi iltimosnomasi yuzasidan taraflar fikri tinglandi. Jinoyat ishi doirasidagi jabrlanuvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlar ommaga oshkor etilishini xohlamasligi bois iltimosnomani rad qilish haqidagi fikrlari inobatga olinib, sud sudlanuvchining himoyachisi keltirgan iltimosnomani rad qilish haqida ajrim chiqardi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mazkur jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko‘rilayotganligi bois jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari unda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin", - deyiladi rasmiy bayonotda.

 

Sud jarayoni davom etmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"