Jahon

Qozog‘istondagi yong‘inda to‘rt nafar bola halok bo‘ldi

Tutun va bolalarning o‘limi sabablari aniqlanmoqda.

Qozog‘istondagi yong‘inda to‘rt nafar bola halok bo‘ldi

 

Qozog‘iston sharqidagi Abay viloyatining Ayag‘oz shahridagi uyda yuz bergan yong‘in oqibatida to‘rt bola qurbon bo‘ldi.

 

Fojia kecha ertalab sodir bo‘lgan. “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kuch va vositalarni tezkor boshqarish markazining pultiga Ayag‘oz shahridagi xususiy uylardan birida tutun chiqqani haqida signal kelib tushdi, zudlik bilan olti kishidan iborat qutqaruv guruhi voqea joyiga jo‘nab ketdi. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelganida, xonalardan birida 20 kv.m maydonda mebel va shaxsiy buyumlar yonib ketgan. O‘chirish vaqtida to‘rt nafar bolaning jasadi hayot izlarisiz topilgan”, — deyiladi xabarda.

 

Tutun va bolalarning o‘limi sabablari aniqlanmoqda. Politsiya tergov ishlarini olib bormoqda. Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"