O'zbekiston

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zgidromet ma'lumotlarni e'lon qildi.

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

 

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 24-27 daraja bo‘ladi.

 

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyati cho‘l hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat 17-22 darajagacha pasayadi.

 

Ertaga, 21-oktabr kuni shimoli-g‘arbiy hududlardan bulutlilik O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Navoiy va Buxoro viloyatlarida kechasi va ertalab, qolgan hududlarda kun davomida ba’zi joylarda jadalligi birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

22-oktabr, yakshanba kuni respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatildi.

 

Dam olish kunlari havo harorati kechalari +7...+12 daraja, kunduz kunlari +18...+23 daraja atrofida bo‘ladi.

 

Poytaxtimizda: 20-22 oktabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchilik kutimaydi, faqat 21-oktabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +10...+13 daraja, kunduz kunlari +20...+23 daraja bo‘ladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"