O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon turizm tashkiloti bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yuqori baholadi

Mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha BMTning ixtisoslashtirilgan instituti bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon turizm tashkiloti bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yuqori baholadi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazish doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan BMT tizimidagi ushbu yetakchi tuzilmaning bosh kotibi Zurab Pololikashvilini qabul qildi.

 

O‘zbekiston turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha BMTning ixtisoslashtirilgan instituti bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Turizm tarmog‘ini isloh qilishda O‘zbekistonning strategik hamkoriga aylangan YUNVTO bilan hamkorlikda misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

“Ipak yo‘lida turizm” brendini keng yoyish, jumladan, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, mamlakatimizga turizm yo‘nalishlarini ommalashtirish, malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirish borasidagi qo‘shma sa’y-harakatlar yuqori baholandi.

 

Mamlakatimizda YUNVTO Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasi o‘tkazilishi, uning doirasida Samarqand shahrida Xalqaro turizm akademiyasi va “Ipak yo‘li” tematik ofisining ochilishi hamkorlikning muhim amaliy natijalari bo‘ldi.

 

YUNVTO bosh kotibi O‘zbekiston Prezidentiga turizm sohasining joriy yilgi bosh xalqaro tadbiri yuksak saviyada tayyorlanishi va tashkil etilishiga ko‘rsatilgan ko‘mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

 

Forumda dunyoning 140 dan ortiq mamlakatidan yuqori darajali delegatsiyalar ishtirok etayotgani global va mintaqaviy turizm markazlaridan biri sifatida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganidan dalolat ekani ta’kidlandi.

 

Bosh Assambleya doirasida turizm sohasidagi yetakchi kompaniyalar, oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar ishtirokida investisiya va ta’lim forumlari ham bo‘lib o‘tadi. Ular yakunida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish yuzasidani aniq shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

 

Uchrashuv yakunida yubiley sessiyaning asosiy yakunlarini amalga oshirish uchun qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"