Jahon

13 mingdan ziyod o‘zbekistonlik AQShga noqonuniy kirishga uringan

O‘zbekistonliklar dunyoda AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

13 mingdan ziyod o‘zbekistonlik AQShga noqonuniy kirishga uringan

 

AQSHda o‘tgan ikki yil davomida chegarani noqonuniy buzib kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining soni 13 mingdan oshgan.

 

Ma’lumot berilishicha, 2021-yil oktabrdan 2023-yil oktabrigacha AQSHga 10 minglab odamlar chegarani noqonuniy buzib, kirishga uringan. AQSHning Milliy xavfsizlik departamenti terrorchi va jinoyatchilar ushbu mamlakatga kirish uchun turli yo‘llarni izlab topishlari va bu mamlakat xavfsizligiga tahdid qilishidan xavotirdaligini bildirgan. Maxsus kuchlar terrorchilikda gumonlangan ikki nafar Livan fuqarosini qo‘lga olish jarayonida "minglab maxsus manfaatdor chet elliklar"ga duch kelgan.

 

Qayd etilishicha, noqonuniy ravishda Meksika orqali AQSHga kirishga uringan eng ko‘p aholi Turkiya fuqarolari bo‘lib, ularning soni 30 380 nafarni tashkil qiladi. Shuningdek, quyidagi davlat fuqarolari ham yetakchi o‘rinlarda:

Mavritaniya – 15 594

O‘zbekiston – 13 624

Afg‘oniston – 6386

Pokiston – 1623

Livan –164

Iordaniya – 185

Yaman – 139

Iroq – 123

 

Ushbu raqamlarga mamlakat hududiga kirishga muvaffaq bo‘lgan va portlardan o‘tib ketganlar kiritilmagan. Manbalarga ko‘ra, Bayden boshqaruvi davrida AQSHga 1,5 milliondan ortiq "qochqin" kirishga muvaffaq bo‘lgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"