O'zbekiston

Metropoliten yo‘lovchilarga murojaat bilan chiqdi

Poyezdlarning buzilishiga sabab nima?

Metropoliten yo‘lovchilarga murojaat bilan chiqdi

 

Metro vagonlariga belgilangan yo‘lovchilar sonining 2 marta ko‘payishi hisobiga vagonlarga normadan ortiq yuklama tushib, poyezdlarning tez-tez buzilishiga olib kelmoqda.

 

Shularni hisobga olib, metropoliten ma’muriyati yo‘lovchilardan “tig‘iz vaqtlarda to‘la vagonlariga chiqmasdan, keyingi bo‘shroq metro vagonlarga chiqishlarini” so'ragan.

 

Ma’lum qilishlaricha, bugungi kunda metropoliten yo‘lovchilariga 6 ta harakat tarkibi 5 ta vagondan tashkil topgan holda xizmat ko‘rsatib kelmoqda, ularning soni shu yilning oxiriga qadar 13 taga yetkaziladi.

 

Bundan tashqari, joriy yil yakuniga qadar 56 ta va 2024 yil davomida yana qo‘shimcha 104 dona zamonaviy metro vagonlarini xarid qilish ko‘zda tutilgan.

 

Yangi metro vagonlari kelishiga 2 oy qolgan. Ular kelishi bilan Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida vagonlar soni ortadi hamda buning hisobiga oraliq interval yanada kamaytiriladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"