O'zbekiston

Ochiq e’lon qilinadigan ma’lumotlar ro‘yxati kengayadi

Bu bo'yicha Prezidentning tegishli farmoni loyihasi muhokamaga qo'yildi.

Ochiq e’lon qilinadigan ma’lumotlar ro‘yxati kengayadi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

 

Loyihada Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatini to‘ldirish nazarda tutilmoqda.

Ular:

 

  • bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari;

  • davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan xorijiy xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar hamda O‘zbekiston hududida o‘tkazilgan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan qabul qilib olingan sovg‘alar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

 

 

Loyiha muhokamasi joriy yilning 4-oktabr sanasiga qadar davom etadi.

 

Ma'lumot o'rnida, avgust oyi o‘rtalarida O‘zbekiston Open Data Watch tashkilotining Open Data Inventory (ODIN) Ochiq ma’lumotlar reytingida 70 ball yig‘ib, jahon bo‘yicha 30-o‘rinni egallagani to‘g‘risida xabar berilgandi

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"