O'zbekiston

To'xtab qolgan yo'l qurilishi qachon davom ettiriladi?

“Sho'rcha-Nurdum-Jarquduq” avtomobil yo'lini ta'mirlash uchun 24,8 mlrd so'm mablag' ajratilgan.

To'xtab qolgan yo'l qurilishi qachon davom ettiriladi?

 

Shu yilning iyun oyida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida joylashgan 4N-553 “Sho'rcha-Nurdum-Jarquduq” avtomobil yo’lining 31 km qismida joriy ta'mirlash ishlari boshlangan. Hudud aholisining Zamon.uz nashriga yo'llagan murojaatiga ko'ra, ma'lum vaqt o'tib yo'l qurilishi to'xtab qolgan.

 

Ushbu holat bo'yicha Zamon.uz muxbiri mutasaddilar bilan bog'lanib, ayrim savollarga javob olishga harakat qildi.

 

Nurobod tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi direktori Maruf Rayimshukurovning ma'lum qilishicha, Nurobod TYFK DM balansida bo'lgan 4N-553 "Sho'rcha - Nurdum - Jarquduq" mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo'lining 0-31 km qismini joriy ta'mirlash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-noyabrdagi №635-son qarori asosida davlat dasturiga kiritilgan.

 

Mazkur yo'lni joriy ta'mirlash uchun 24,8 mlrd so'm mablag' ajratilishi va moliyalashtirish Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

 

Qayd etilishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Respublika byudjetidan hozirgi kunda 1,485 mlrd so'm mablag' ajratilgan bo'lib, ayni vaqtda ushbu mablag'lar hisobidan yo'lda mavjud eski, yaroqsiz asfalt qoplamani kesib olish hamda yo'l asosini ko'tarish ishlari amalga oshirilgan.

 

Mutasaddilarning aytishicha, mazkur “Sho'rcha-Nurdum-Jarquduq” avtomobil yo'lida shu yilning o'zida ta'mirlash ishlarini boshlash rejalashtirilgan. Biroq, belgilangan mablag'lar ajratilmasa, qurilish keyingi yilga ham qoldirilishi mumkin.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"