O'zbekiston

Aholi uchun ham elektr narxi oshadimi?

Bunga Energetika vaziri javob berdi.

Aholi uchun ham elektr narxi oshadimi?

 

Aholi uchun elektr energiyasi tariflarini oshirish hamda tabaqalashtirilgan tariflarni joriy qilish boʻyicha takliflar kiritish 2024-yilning may oyiga rejalashtirilmoqda. Bu haqda Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov maʼlum qildi.

 
“Hozir eʼlon qilingan loyihada faqat yuridik shaxslar uchun yangi tariflar belgilanishi nazarda tutilgan, lekin aholi uchun narxlar oʻzgartirilmayapti. Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflarni belgilashdan oldin biz eng avvalo uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni taʼminlashimiz kerak. Yaʼni narx oshsa-yu, lekin yana elektrda uzilish boʻlaversa, aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻladi. Shu sababli biz hozirda generatsiyalarni oshirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish ishlarini jadallashtiryapmiz. Narx moʻljali 450-500 soʻm. Agar uzluksiz elektr yetkazib berishni taʼminlay olsakkina, aholi uchun elektr energiyasida tabaqalashtirilgan tariflarni 2024-yilning 1-mayidan joriy qilish boʻyicha loyihani Hukumatga kiritishni rejalashtiryapmiz. Lekin bu aynan shu kundan narx oshadi, degani emas, hozircha barchasi loyiha xolos.  Tabaqalashtirilgan tarif deganda belgilangan “ijtimoiy norma”dan koʻp elektr isteʼmol qilayotgan, aytaylik uyida basseyni, saunasi, koʻplab maishiy texnikalari bor xonadonlar, yaʼni nisbiy olganda boy va oʻziga toʻq xonadonlar uchun narx oshadi, degani. Hozir 85% aholi bir oyda 300 kV soatgacha elektr isteʼmol qilyapti. Lekin qolgan 15% aholi ishlatayotgan elektr energiyasi hajmi mana shu 85% aholinikidan koʻproq”, — dedi energetika vaziri.

 

Avvalroq 1-oktabrdan tadbirkorlar uchun elektr va gaz narxini oshirish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"