O'zbekiston

Toshkent shimoliy vokzaliga kirish soddalashdi

Vokzalda bir bosqichli nazorat punkti joriy etildi.

Toshkent shimoliy vokzaliga kirish soddalashdi

 

Endi hujjatlarni tekshirish va bagajni ko‘zdan kechirish bir joyda amalga oshiriladi.

 

Bu hujjatlarni tekshirish va bagajni ko‘zdan kechirish endi avvalgidek bir nechta joyda emas, balki bir joyda amalga oshirilishini anglatadi.

 

Ilgari Toshkent–Janubiy, shuningdek, Samarqand va Namangandagi temiryo‘l vokzallarida bir bosqichli nazorat-o‘tish punktlari joriy qilingandi. Bosqichma-bosqich bunday nazorat punktlari O‘zbekistondagi barcha vokzallarda ishlay boshlaydi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil aprel oyida aeroportlar, shuningdek, temiryo‘l va avtovokzallarga kirishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.

 

Hujjatda mazkur qaror aerovokzal, temiryo‘l va avtobus vokzallarida yo‘lovchi hamda tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy talablar asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, kirib-chiqishni soddalashtirish, zarur sharoitlar yaratish hamda vokzallar va ularga tegishli hududda tadbirkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

 

Avvalgi yillarda vokzal va aeroportlarga kirish asta-sekin kuchaytirilgandi. Yo‘lovchilar nazoratning bir necha bosqichlaridan o‘tishlari talab etilar, kuzatib qo‘yuvchilar va kutib oluvchilarga esa vokzal va aeroport binolariga kirishga ruxsat berilmasdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"