O'zbekiston

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada nimalar namoyish etildi?

Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada nimalar namoyish etildi?

 

Konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekistonning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati ko‘rsatib o‘tildi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va FAO‘ning texnik ko‘magi bilan tashkillashtirilgan konferensiya doirasida ocharchilikka, oziq-ovqat xavfsizligi yo‘qligi va to‘yib ovqatlanmaslikka qarshi kurashishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliq xo‘jaligi mahsuldorligi va barqarorligini oshirish, qishloq joylarda qashshoqlik darajasini qisqartirish, agrooziq-ovqat tizimlarining inklyuzivligi va samaradorligini taʼminlash hamda krizislar va tahdidlarga qaramasdan yashab qolish uchun vositalarni kuchaytirish kabi FAO strategiyasiga amal qilgan holda munozaralar bo‘lib o‘tmoqda.

 

30 dan ortiq davlatlardan vazirlar, diplomatlar, qishloq xo‘jaligi sohasining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari ishtirok etayotgan konferensiya seksiyalarga bo‘linib o‘z ishini davom ettirmoqda.

 

Oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soluvchi koronavirus pandemiyasi va Rossiya-Ukraina urushi kabi kutilmagan voqealardan tashqari, uzoq yillardan buyon to‘planib kelayotgan tahdidlar — iqlimning o‘zgarishi, yer qatlamining degradatsiyaga uchrashi, cho‘llashish, suv resurslarining yetishmovchiligi, qurg‘oqchilik, o‘simliklarning turli yuqumli kasalliklarga yo‘liqishi, hosildorlikning pasayishi va buning oqibatida ocharchilik yuzaga kelishi, bunday xavf-xatarlarning oldini olish borasida kelishuvlar imzolash konferensiya yalpi majlisi kun tartibi bo‘lib turdi. Yalpi majlisda turli davlatlardan kelgan vakillar so‘z olishdi.

 

Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston agrar tarmog‘ini isloh qilishda erishilgan yutuqlar namoyish etilmoqda. O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalaridagi salohiyati, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha yangi yondashuvlari namoyish etildi. Konferensiya qatnashchilari urug‘chilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster, kooperatsiya, agrologistika usullari bilan tanishtirildi.

 

Seksiyalarning ishi ertaga ham davom ettiriladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"