O'zbekiston

Farg‘onada salkam 6 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan

Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati maʼlum qildi.

Farg‘onada salkam 6 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan

 

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Oltiariq tumanida joylashgan “N.I.B” MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum bo‘ldi

 

Xabarda keltirilishicha, ushbu MCHJga qarashli 46-sonli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida gaz sarfini o‘lchash kompleksiga o‘rnatilgan “toraytiruvchi” qurilma kirish-chiqish qismidagi gaz jo‘mraklariga davlatlararo standart talablariga (GOST 8.586-2005) zid ravishda paranit materialidan yasalgan rezina qoplama o‘rnatilgan.

 

“O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 5 milliard 542 million so‘m (5 mln 542 ming metr kub)ni tashkil etgan. Ushbu hajmdagi tabiiy gaz 27 ming 700 dan ziyod xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng.  

 

Ayni kunda mazkur holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim etilgani aytilmoqda.  

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"