O'zbekiston

Urganchning sobiq hokimi qamoqdan ozod etildi

U uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Urganchning sobiq hokimi qamoqdan ozod etildi

Urganch shahrining uch yil muddatga qamalgan hokimi ikki oy o‘tib ozod qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov maʼlumot berdi.

 

Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati ushbu jinoyat ishinining sobiq hokim Sh.A.ga oid qismini sudlangan Sh.A.ning advokatlari tomonidan asossiz sudlangani va uning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘qligi sababli unga nisbatan oqlov hukmi chiqarish haqidagi kassatsiya shikoyatlari hamda Xorazm viloyat prokurori tomonidan aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani va yetkazilgan moddiy zarar qoplanganini inobatga olib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash haqida keltirgan protest asosida kassatsiya tartibida ko‘rib chiqdi.

 

Oliy sud kassatsiya instansiyasining 29 avgustdagi ajrimiga muvofiq yuqoridagi sud qarorlari o‘zgartirilib, sudlangan Sh.A. aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani va ish bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni ixtiyoriy ravishda to‘liq qoplaganini inobatga olgan holda unga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

Shu tariqa, protest to‘liq, shikoyatlar esa qisman qanoatlantirildi. Sh.A. jazoni ijro etish joyida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi, deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avval sud hukmiga ko‘ra Sh. A. Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yilga muayyan huquqdan, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"