O'zbekiston

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 50 foizdan ziyodi erkaklar

Test sinovida to‘plagan ballariga eʼtibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 50 foizdan ziyodi erkaklar

Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilda oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 948 491 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

    • erkaklar — 419 327 nafar (44,2 foiz) ni;
    • ayollar — 529 164 nafar (55,8 foiz) ni tashkil etdi.

Test sinovi natijalariga ko‘ra, 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

    • 100 491 nafari (52 foiz) — erkaklar;
    • 92 930 nafari (48 foiz) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga eʼtibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilgan. Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

    • erkaklarda — 112,4 ballni;
    • ayollarda — 125,1 ballni.

To‘lov-kontrakt asosida:

    • erkaklarda — 88,9 ballni;
    • ayollarda — 98,5 ballni tashkil etgan.

"Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan taʼlim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq", — deyiladi xabarda.

Taʼlim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda "Ijtimoiy taʼminot" (91,7 foiz), “Tillar” (88,5 foiz) va “Taʼlim” (78,7 foiz) sohalariga ayollar, "Transport xizmatlari" (93,5 foiz), "Arxitektura va qurilish" (84,8 foiz) va "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari" (75,3 foiz) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"