O'zbekiston

Maktablarning yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi

Ustavda maktab maʼmuriyatining vazifalari, pedagog xodimlarning huquqi va majburiyatlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirildi.

Maktablarning yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi

Prezidentning "Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, maktab taʼlimi tizimida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib umumiy o‘rta taʼlim maktablarining yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi.

Yangi tahrirdagi maktab ustaviga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

    • "Taʼlim to‘g‘risida"gi qonun, prezident farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirildi;
    • maktab direktorlarini tayinlash tartibi (Direktorlar kengashi);
    • maktab taʼlimida raqamlashtirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
    • sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi;
    • o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish;
    • inklyuziv taʼlim jarayonlari.

Ustavda maktab maʼmuriyati (direktor va o‘rinbosarlarning) vazifalari, pedagog xodimlarning huquqi va majburiyatlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirildi. Barcha maktab maʼmuriyatlari mazkur namuna asosida maktab ustavlarini yangilab olishi hamda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"